
Daily Mail xabariga ko'ra, Akening "shaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiola bilan munosabatlari alo darajada, biroq futbolchining maydonga kam tushishi uni xafa qilmoqda.
Ake Premer-liganing joriy mavsumida "Siti" tarkibida faqat bir marta asosiy tarkibda maydonga tushdi. O'yin amaliyoti kamligi futbolchini JCH2-2026 dan chetda qolib ketishiga sabab bo'lishi mumkin.
So'nggi haftalarda Akega "Everton" va "Kristal Pelas" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.