iks
ads

Reshford "Barselona" mashg'ulotlarini o'tkazib yubordi

  • Mr.NoBoDy 21.11.2025 13:32
  • 167
  • 30

"Barselona" vingeri Markus Reshford payshanba kuni jamoaning mashg'ulotlarida qatnashmadi.

"Diario AS" nashrining xabar berishicha, 28 yoshli futbolchi shaxsiy sabablarga ko'ra mashg'ulotlarni o'tkazib yuborgan. Klub angliyalik futbolchiga ruxsat bergan. U juma kuni asosiy guruhga qaytishi kutilmoqda.

"Ko'k-anorranglilar" shanba kuni La Liganing 13-tur o'yinida "Kamp Nou"da "Atletik" Bilbaoni qabul qiladi.

Markus Reshford "Manchester Yunayted" tomonidan kataloniyaliklarga ijaraga berilgan. "Qizil iblislar" yulduzi ushbu mavsum Xans-Diter Flik jamoasida 16 o'yinda 6 ta gol urdi va 9 ta golli pas uzatdi.

Ўхшаш янгиликлар