
Superliga
29-tur
"Andijon" – "Xorazm" 2:0 (LIVE)
Andijon. "Bobur Arena". 18:15
Gol: Doniyor Abdumannorov (Bektemir Abdumannonov) 25', Ismoil Akinade (Usmonali Ismonaliev) 28'
Bosh hakam: Firdavs Norsafarov
Yordamchi hakamlar: Shohruh Maqsudov, Sherzod Azamov
Zaxira hakami: Alisher Abduvahidov
Nazoratchi: Baxtiyor Tagaev
VAR: G'ayrat Jo'raev
AVAR: Maksim Nexochin
Komissar: Qudrat Madraimov
"Andijon": 12.Mohirbek Komilov, 3.Sunnatulloh Hamidjonov, 5.Abdulvohid G'ulomov, 7.Ismoil Akinade, 8.Shahzod Azmiddinov, 18.Damir Temirov, 22.Usmonali Ismonaliev, 23.Doniyor Abdumannopov, 27.Kristian Novak, 71.Bektemir Abdumannonov.
Zaxira: 1.Eldor Adhamov, 4.Islom Mamatkazin, 9.Saidumarxon Saidnurullaev, 10.Ilhom Abdig'aniev, 11.Otabek Jo'raqo'ziev, 14.Abdurahmon Komilov, 28.Bekzod Sulaymonov, 33.Oleg Zoteev, 99.Muhammadali Usmonov.
"Xorazm": 12.Sardor Qobuljonov, 2.Diyorbek Ortiqboev, 3.Ravshanbek Sultanov, 4.Farruhjon Ibrohimov, 7.Temurbek Ismailov, 8.Xazratjon Tursunqulov, 9.Jasur Azimov, 10.Murodbek Bobojonov, 18.Iskandar Shayqulov, 22.Asadbek Saitxonov, 88.Abror Xo'sinov.
Zaxira: 1.Mashhurjon Muhammadjonov, 11.Humoyunmirzo Iminov, 15.Vladimir Bubanya, 20.Danila Ejov, 27.Ixtiyor Toshpo'latov, 30.Odamboy Olimov, 77.Sunnatulla Abdullajonov, 79.Azizjon Axrorov, 99.Shahrom Samiev.
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
28. GOL! Ismonalievning pasidan keyin Akinade darvoza chap tomonini poyladi va hisobni oshirdi — 2:0!
27. VAR golni o'rganib chiqdi va uni hisobga oldi.
25. GOL! "Andijon" qarshi hujumdan unumli foydalandi: Abdumannonov Abdumannopovni qulay pas bilan taminladi, u esa to'pni darvozabonning ustidan oshirib qo'ydi — 1:0!
22. Zarba! Ortiqboevning zarbasidan keyin to'p jamoadoshi Tursunqulovga tekkan holda darvozabonga etib bordi.
21. Azmiddinovning havodan oshirib bergan to'pini xorazmlik himoyachilar uzoqlashtirdi.
18. Uuux! Abdumannopov jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi va Hamidjonovni qulay pas bilan taminladi, himoyachining zarbasi o'ta muvaffaqiyatsiz chiqdi, bu yoqda darvozabon Qobuljonov sakrab ham bo'lgandi...
17. Abdumannonov o'ziga xos fint orqali sherigini oldinga boshlashga urindi, ammo sherigi Abdumannopov uni tushunmadi va to'p ham maydondan chiqib ketdi.
15. Uuux! Darvozabon Mohirbek Komilov to'pni qabul qilib olish chog'ida hujumchini aldadi, xavfli, ammo mohirona aldash.
11. "Andijon"ning oldindagi ishlari yurishmayapti, so'nggi pasni uzatishda xatoliklar ko'p.
7. Zarba! Bobojonovdan to'pni qabul qilib olgan Tursunqulov biroz ichkariga kirdi va zarba berdi, Komilov o'z o'rnida!
5. Xo'sinov Akinade bilan havodagi kurashda biroz jabrlandi, shifokorlar unga yordam ko'rsatdi.
3. "Andijon"ning vaqtinchalik bosh murabbiyi Akmal Shorahmedov jamoadan shoshmasdan o'ynashni so'ramoqda.
1. O'yin boshlandi!
- Uchrashuv 18:15 da boshlanadi.