iks
ads

Alisher Odilov Rossiyadagi faoliyati nima uchun o'xshamaganini sababini aytdi

  • Mr.NoBoDy 28.11.2025 11:08
  • 66
  • 30

"Neftchi" hujumchisi Alisher Odilov saytimizga intervyu berdi.

Futbolchi "Navbahor" va undan avval Rossiyadagi faoliyati haqida gapirdi.

"Navbahor"dagi faoliyatimga to'xtalsam, bu jamoa avvaldan kuchli bo'lib kelgan. Plyus tomni shu ediki, "Olimpik"da birga to'p tepgan do'stlarim bor edi. Bir-birimizni juda yaxshi tushunardik. Start yaxshi boshlandi, o'zim ham kutmagandim. Olimpidadan kelganimdan keyin Otabek Samatovga vada bergandim. Legioner bo'lmasam, Namanganga kelaman degandim. Rossiyada ishlarim uncha yurishmadi

Rossiyada kelishmovchiliklar ko'p bo'ldi. Bilsangiz, u erda sal odam ajratish bor. Bu katta sabab emasdi. Men borib faqat mashg'ulot o'tab keldim. O'rtoqlik uchrashuvida 45 daqiqa imkon berdi va unda gol urdim. O'zimga ishonch yuqori edi. Olimpiadadan keyin zo'r formada ketdim. Nasib bo'lmadi. Bu ham katta tajriba va dars sifatida esda qoldi. Rossiyaga borganingizdan keyin istaysizmi yoki yo'q ajratish uchraydi. Keyinchalik BAA, Turkiyaga ketgan yaxshi deb o'ylayman",- deydi Alisher Odilov. 


Ўхшаш янгиликлар