iks
ads

"Barselona" futbolchisi 2 hafta davomida maydonga tusha olmaydi

  • Mr.NoBoDy 28.11.2025 12:08
  • 102
  • 30

"Barselona" yarim himoyachisi Fermin Lopes o'ng oyog'idan jarohat oldi, deb xabar berdi klub matbuot xizmati.

22 yoshli ispaniyalik futbolchining tiklanishi uchun taxminan 2 hafta kerak bo'lishi kutilmoqda.

Lopes bu mavsum barcha musobaqalarda 13 o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Shunday qilib, u Ispaniya La Ligasida "Alaves" (29 noyabr), "Atletiko" (2 dekabr) va "Betis" (6 dekabr) jamoalariga qarshi uchrashuvlarni o'tkazib yuborishi mumkin.

Ўхшаш янгиликлар