iks
ads

Timo Verner "Inter Mayami"da Messining jamoadoshi bo'lishni istaydi

  • Mr.NoBoDy 28.11.2025 13:00
  • 260
  • 30

"Bild" nashrining xabar berishicha, "Leypcig" hujumchisi Timo Verner faoliyatini "Inter Mayami"da davom ettirishga umid qilmoqda.

Manbaning xabar berishicha, 29 yoshli germaniyalik futbolchi MLS klubining loyihasiga qiziqmoqda. Unga Lionel Messi bilan bir jamoada to'p tepish g'oyasi ham yoqadi.

Verner ushbu mavsum Bundesligada 1 marta maydonga tushdi va 1 daqiqa o'ynadi. 2022 yilning yozida hujumchi 2020 yildan beri o'ynab kelayotgan "Chelsi" jamoasidan nemis klubiga qaytdi.

Avvalroq Verner "Tottenxem" va "Shtutgart" jamoalarida o'ynagan. Germaniya terma jamoasi safida 57 o'yinda 24 ta gol urgan.

Ўхшаш янгиликлар