iks
ads

Valverde: "Real" murabbiylar shtabi va futbolchilari avvalgidan ham ko'proq inoq"

  • Mr.NoBoDy 28.11.2025 13:48
  • 123
  • 30

"Real" yarim himoyachisi Federiko Valverde jamoaning birligi haqida gapirdi.

"Bir haftalik gap-so'zlardan so'ng avvalgidan ham ko'proq inoqmiz. Vini va Mbappega ega bo'lish — bu nemat, lekin dunyodagi eng yaxshi jamoaga ega bo'lish — katta sharaf.

Shaxsan men eng yaxshi darajamga qaytish uchun ishlayapman. Xabi Alonso har doim yonimda bo'ldi, meni qo'llab-quvvatladi va o'sishda davom etishim, jamoaga yordam berishim uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qildi. Bu har doim ham oson emas, lekin murabbiylar shtabi va futbolchilar avvalgidan ham jips faoliyat yuritmoqda", – dedi urugvaylik futbolchi.

26 noyabr kuni "Real" Chempionlar Ligasining 5-turida safarda "Olimpiakos"ni 4:3 hisobida mag'lub etdi.

Ўхшаш янгиликлар