
"Bizni chinakam qadriyatlar – intizom, hurmat, qatiyatlilik va doimiy ravishda mukammallikka intilish birlashtiradi.
WOW noyob va kuchli narsani yaratmoqda. Men sportni keyingi bosqichga ko'tarish va keyingi avlodga ilhom berish uchun ushbu loyihaga qo'shilganimdan faxrlanaman", – deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda.
Way of the Warrior 2019 yilda tashkil etilgan. Promoushen asosan Madridda taxminan 30 ta turnir o'tkazgan. UFC chempioni Iliya Topuriya uning egalaridan biridir.