iks
ads

Tomori: "Ibragimovich - men ko'rgan eng raqobatbardosh futbolchi"

  • Mr.NoBoDy 28.11.2025 20:00
  • 216
  • 30

Angliyalik himoyachi Fikayo Tomori "Milan"dagi faoliyatining boshida birga o'ynagan Zlatan Ibragimovichga yuqori baho berdi.

"U — men uchratgan eng raqobatbardosh futbolchi. Hatto mashg'ulotlarda ham mag'lubiyatga chiday olmasdi. U jamoasi gol urguncha va g'alaba qozonguncha o'ynayverardi. Aks holda, uning kayfiyati yomonlashib, kiyinish xonasida og'ir holat kuzatilardi. Ibra meni bo'shashishga yo'l qo'ymasdi", – dedi Tomori.

Eslatib o'tamiz, "Milan" hozir A Seriya turnir jadvalida 2-o'rinda ketmoqda.

Ўхшаш янгиликлар