
"Bunday jismoniy holatda u "Everton"ga o'tishiga ishonmayman. Bu mish-mishlarni eshitib, hayron bo'ldim. Bunday bo'lishini ko'rishni istamasdim. Hozirda uning "Napoli"dagi o'rni hazilakam emas. Uning Premer-ligaga qaytishi - kelajagi uchun yomon qaror, ayniqsa bu "Everton" bo'lsa. U "Barselona" yoki "Real"ga o'tishi kerak, buning uchun unda etarlicha qobiliyat bor", - dedi Saa.
Shotlandiyalik 28 yoshli xavbek ushbu mavsumda Neapol jamoasi tarkibida 5 gol va 2 assist qayd etdi.