
"Agarda biz uch gol o'tkazib, mag'lub bo'ladigan bo'lsak, odamlar bizning yomon o'ynaganimizni yoki o'zlari ko'rishni istagan jamoa emasligini aytishadi. Lekin ular bizning nima sababdan yuqori himoya chizig'i orqali o'ynayotganimizni tushunishmaydi. Bu bizning uslubimiz va bunda gap faqatgina himoyachilarda ham emas. Pressing hujumchi va yarim himoyachilardan boshlanishi kerak. Men futbolchilardan shuni so'rayapman. Bunda faqatgina himoya chizig'ini ayblash noto'g'ri. Agarda biz effektiv pressing uyushtira olmasak, muammolar yuzaga kelishi mumkin.
Barchasiga optimistik qarayotganimni aytdim, chunki ayrim vazifalarni to'g'ri bajardik, lekin hujum hududida biz ko'proq pressing qila olishimiz shart. Mashg'ulotlarda ko'rayotganimni o'yinda ham qilishimizni istayman.
Futbolchilarning vazifasiga etibori jiddiy va ularning sifati baland. Pedri, Rafinya va Markus hali jamoaga ko'p foyda olib keladi", - dedi Flik.