iks
ads

Neymar Vinisiusga "Real"dagi kelajagi bo'yicha maslahat berdi

  • Mr.NoBoDy 01.12.2025 16:24
  • 526
  • 30

"Real" vingeri Vinisius Junior vatandoshi Neymardan maslahat oldi.

25 yoshli futbolchining "qirollik klubi"dagi kelajagi noaniqligicha qolmoqda: mish-mishlarga ko'ra, ikki tomon yangi shartnoma bo'yicha kelisha olmayapti, braziliyalik futbolchi shu tufayli mavsum tugaganidan keyin sotilishi mumkin. 

"Diario AS" xabariga ko'ra, Neymar Vinisiusni uning xatosini takrorlamaslikka va "Real" bilan shartnomasini uzaytirishga chaqirgan.

Xato Neymarning "Barselona"dan ketishi bilan bog'liq bo'lib, keyinchalik u bundan juda afsuslangan. Yulduz hujumchi rekord darajadagi 222 million evro evaziga PSJga o'tgandi.

Vinisiusning Ispaniya grandi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar amal qiladi.

Ўхшаш янгиликлар