
"Ko'klar" sardori golli uzatmani amalga oshirdi va o'yinning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi. Enco Mareska Mayozes Kaysedo 38-daqiqada maydondan chetlatilgach, uchrashuvni 10 kishi bo'lib o'tkazdi.
"Hamma biz qaerda ekanligimizni va nima uchun kurashayotganimizni ko'rmoqda. Biz hammasini ko'rsatib qo'ydik. G'alaba qozona olmagan bo'lsak ham, ko'plab ijobiy jihatlar ko'zga tashlandi. Men jamoa bilan faxrlanaman", – dedi Jeyms.
"Chelsi" 13 o'yindan keyin 24 ochko bilan Premer-liga jadvalida 3-pog'onada bormoqda. "Arsenal" 30 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.