
"Qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Xabi Alonso ingliz futbolchisini ustuvor transfer maqsadi sifatida belgiladi.
Ispaniyalik murabbiy klub 21 yoshli futbolchini yanvar oyidayoq tarkibga jalb qilishni istaydi.

"Liverpul", "Manchester Yunayted" va "Chelsi" Adam Uortonga qiziqish bildirayotgani aytilmoqda. Transfermarkt portali ekspertlari xavbekning narxini 60 million evroga baholamoqda. Uning "Kristal Pelas" bilan bitimi 2029 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.