
Bu haqda Championat.asia muxbiri Tolibjon Qosimov malumot berdi.
"Olimpik" klubi tag-tugi bilan yo'q bo'lib ketmaydi. O'FA viloyat akademiyalaridagi yosh futbolchilarni aynan "Olimpik" safida Pro ligada ishtirok etishini maqul ko'rmoqda.
Katta ehtimol bilan "Olimpik" Pro ligada o'ynashda davom etadi", – deyiladi xabarda.
Avvalroq "Olimpik" futbolchilari haligacha bir necha oylik maoshlarini olmagani malum bo'lgan edi.