
- Dushan, avvalo nihoyasiga etgan mavsum haqida qisqacha gapirib bersangiz. Jamoangizning chempionatdagi ishtiroki qanday o'tdi?
- Albatta, mavsum yaxshi o'tdi. Jamoam bilan yaxshi natijalarga erishdim. Butun mavsum davomida maydonda eng ko'p harakat qilgan futbolchilardan biri bo'ldim. "Qizilqum"ning natijalari ham chempionat so'ngida ancha yaxshilandi. G'alabalar, mag'lubiyatsiz seriyalar va albatta og'ir damlar ham o'tdi. Eng asosiysi, oxirida vazifani uddalay oldik. Yana bir quvonarli holat shundaki, men eng yaxshi xorijlik futbolchilar qatorida bor edim.
- Siz "Qizilqum" jamoasiga kelgach, sobiq jamoangiz Superligani yuqori o'rinlarda yakunladi. Sizda oz bo'lsa-da, afsuslanish bo'lmadimi?
- "Dinamo" — yaxshi jamoa, u erda shakllangan va raqobatbardosh jamoa bor. Ushbu jamoa bilan bog'liq esda qolarli xotiralar saqlanib qolgan. Men "Dinamo"ning mavsum uchun maqsadlari qanday ekanligini bilardim, ammo faoliyatimda yangilik qilishni istagandim.
- Superliganing ushbu mavsumidagi o'zgarishlar hamda intriga haqida nimalar deya olasiz?
- Bilasizmi, O'zbekiston Superligasi ushbu mavsumida sifatli maydonlar ko'paydi. Qolaversa, bir xil raqobatga ega jamoalar soni anchagina oshdi. Intrigaga keladigan bo'lsak, barcha muxlislar o'z ko'zlari bilan guvoh bo'lganidek, chempionlik masalasi oxirida xal bo'ldi. Qolgan o'rinlar uchun ham so'nggi turgacha intriga saqlanib qoldi. Bir so'z bilan aytganda, chempionat juda ko'p esda qolarli voqealar bilan xotiramizda saqlanib qoldi.