
Qilian Mbappe XXI asrda bir kalendar vaqti ichida klub va terma jamoa uchun 60 ta gol urgan to'rtinchi futbolchiga aylandi.
"Real" hujumchisi La Liga 14-turida "Jirona"ga qarshi o'yinda (1:1) 2025 yildagi 60-golini urdi. Joriy yilda Mbappe hisobida "Real" uchun 53 ta va Franciya terma jamoasi uchun 7 ta gol bor.
XXI asr boshidan beri bir yilda Mbappega qaraganda ko'proq gol urgan o'yinchilar faqat quyidagilardir: Krishtianu Ronaldu (2012 yili 63 gol, 2013 yili 69 gol, 2014 yili 61 gol), Robert Levandovski (2021 yili 69 gol) va Lionel Messi (2012 yili 91 gol).