
Opta superkompyuteri hisob-kitobiga ko'ra, Ispaniya terma jamoasining g'alaba ehtimoli 17% etdi. Ikkinchi davogar – Franciya (14,1%), uchinchi o'rinda Angliya (11,8%).
Top-10 likdan qo'shimcha ravishda quyidagi jamoalar o'rin oldi: Argentina (8,7%), Germaniya (7,1%), Portugaliya (6,6%), Braziliya (5,6%), Niderlandiya (5,2%), Norvegiya (2,3%) va Kolumbiya (2%).
Ushbu ro'yxatda hozir mundial yo'llanmasini qo'lga kiritgan barcha terma jamoalar bor. Opta talqini bo'yicha O'zbekiston terma jamoasining mundial g'olibi bo'lish imkoniyati 0,2%. Shotlandiya, Tunis, Eron, Avstraliya va JARda ham imkoniyat huddi shunday.
