iks
ads

"Real" TV Rodrigoning "Jirona" bilan o'yinda yiqilishi haqida: "Kontakt bor - demak, penalti"

  • Mr.NoBoDy 01.12.2025 22:08
  • 106
  • 30

"Real" televideniesi Rodrigo ishtirokidagi holatga baho berdi.

La Ligadagi "Jirona"ga qarshi o'yin (1:1) haqidagi videolavha davomida madridliklar vingeri Rodrigo Xoel Roka bilan to'qnashuvdan keyin jarima maydonida erga tushgan epizod muhokama qilindi.

Hodisa o'yinning 80-daqiqasida, hisob 1:1 bo'lgan vaziyatda sodir bo'lgan. Bosh hakam Rikardo de Burgos Bengoechea penalti tayinlash uchun asos ko'rmadi, VAR aralashmadi.

Videoyotlovda shunday deyiladi: "Ehtimol, maydonda bu qoidabuzarlik yaqqol ko'rinmagandir, lekin VAR yordamchilari bosh hakamni nega chaqirishmadi?. Jarima maydonida kontakt bo'lsa — bu penalti".

Ўхшаш янгиликлар