iks
ads

Anchelotti - JCH-2026 qur’asi haqida: "Braziliya qiyin guruhga tushib qoldi"

  • Mr.NoBoDy 06.12.2025 07:55
  • 21
  • 30

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti JCH-2026 guruh bosqichiga qur’a tashlash natijalari haqida fikr bildirdi.

Braziliyaliklar Marokash, Shotlandiya va Gaiti jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

"Ancha murakkab guruh. Marokash terma jamoasi o‘tgan jahon chempionatini a’lo darajada o‘tkazdi. Shotlandiya juda kuchli raqib. Oson bo‘lmaydi, lekin biz yaxshi chiqish qilishimiz kerak. Bizning vazifamiz - imkon qadar yaxshi tayyorgarlik ko‘rish va birinchi o‘rinni egallash uchun hamma narsani qilish. Dastlabki ikki o‘yin ko‘p narsani hal qiladi", - dedi Anchelotti intervyuda.

Eslatib o‘tamiz, italiyalik murabbiy iyun oyida Braziliya terma jamoasi boshqaruviga kelgan, bungacha u Madridning "Real" klubini boshqargan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar