
"Men Neymarga bo'lgan katta qiziqishingizni tushunaman. Vaziyatni aniqlashtirmoqchiman. Hozir dekabr, Jahon chempionati esa iyun oyida. May oyida tarkibni elon qilganimda, agar Neymar o'ynashga loyiq, sog'lom, boshqalar bilan teng yoki ulardan yaxshiroq holatda bo'lsa — u Jahon chempionatida o'ynaydi. Va shu bilan masala yopiq", — deydi Anchelottining so'zlarini keltirgan jurnalist va insayder Fabricio Romano o'zining X tarmog'ida.
Braziliya terma jamoasi JCH–2026 musobaqasida “S” guruhiga tushgan. Bu erda raqiblar — Marokash, Shotlandiya va Gaiti.
Anchelotti shogirdlari birinchi uchrashuvni 13 iyun kuni Marokashga qarshi o'tkazadi.
19 iyun kuni Gaitiga qarshi o'yin,
24 iyun kuni esa Shotlandiyaga qarshi bahs bo'lib o'tadi.