iks
ads

"Real" Alonso o'rnini bosishi mumkin bo'lgan nomzodlarni aniqlab oldi

  • Mr.NoBoDy 08.12.2025 19:32
  • 327
  • 30

"Real" Xabi Alonsoning ketishiga oldindan tayyorlanmoqda.

"El Mundo" nashrining xabar berishicha, madridliklar rahbariyati bosh murabbiy lavozimiga allaqachon ikkita nomzodni tanlab olgan. Short-listda afsonaviy franciyalik Zinedin Zidan va xarizmatik germaniyalik Yurgen Klopp bor.

Alonsoning "qirollik klubi" boshqaruvidagi kelajagi ko'p jihatdan 10 dekabr kuni bo'lib o'tadigan Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 6-turidan o'rin olgan "Manchester Siti"ga qarshi o'yin natijasiga bog'liq. Manbaning xabar berishicha, agar "Real" mag'lub bo'lsa, murabbiy ishini yo'qotadi.

La Ligadagi vaziyat ham Alonso foydasiga emas: jamoa so'nggi 5 o'yinda atigi 1 ta g'alabaga erishdi va ikkinchi o'ringa tushib ketdi. "Santyago Bernabeu"da "Selta"dan qabul qilib olingan mag'lubiyat vaziyatni yanada yomonlashtirdi, "Barselona" esa "Betis" ustidan g'alaba qozondi va 40 ochko to'plab, peshqadamligini mustahkamladi. "Real" 36 ochko bilan 2-o'ringa joylashgan.

15-tur natijalaridan so'ng yuqori o'rin uchun kurash qizg'in tus oldi va "Real" bosh murabbiyining taqdiri yaqin kunlarda hal qilinishi mumkin.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar