iks
ads

Novak Jokovich JCH-2026'ning ehtimoliy g‘olibi sifatida O‘zbekistonning raqibini tanladi

  • Mr.NoBoDy 08.12.2025 22:22
  • 254
  • 30

Tennis bo‘yicha 24 karra Katta Dubulg‘a g‘olibi, serbiyalik tennischi Novak Jokovich 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatining taxminiy g‘olibini aytdi. Sportchining fikricha, hal qiluvchi o‘yinga Portugaliya va Meksika terma jamoalari chiqadi, ammo sovrin portugaliyaliklarga nasib etadi.

“Men jur’atli bo‘laman: Portugaliya. U finalda Meksikani mag‘lub etadi”, — deb Jokovichning so‘zlarini keltiradi ESPN.

Avvalroq JCH-2026 guruh bosqichiga qur’a tashlangan edi. Portugaliya K guruhidan joy oldi va unda O‘zbekiston, Kolumbiya hamda qit’alaro pley-off bosqichi g‘olibi (Yangi Kaledoniya, Yamayka yoki Kongo DR) bilan uchrashadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar