iks
ads

Rossiyalik sharhlovchi O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026dagi imkoniyatlarini baholadi

  • Mr.NoBoDy 08.12.2025 21:00
  • 366
  • 30

Okko sharhlovchisi Elvin Kerimov O‘zbekiston terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionatidagi istiqbollari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatidagi guruhi oson bo‘lmadi. Portugaliya va Kolumbiya — top-jamoalar, yana bir raqib esa Yamayka, Yangi Kaledoniya va Kongo o‘rtasidagi pley-off (qit’alararo o‘tish) o‘yinlarida aniqlanadi. Bu variant biroz yengilroq ko‘rinsa-da, umuman olganda, guruh baribir og‘ir va qur’a tashlashda omadliroq bo‘lishi mumkin edi.

Shunga qaramay, asosiysi — turnirdan zavq olish, o‘zini dunyoga ko‘rsatish va o‘z futbolini o‘ynashga harakat qilish. Futbolchilarda ham, murabbiylar shtabida ham motivasiya juda yuqori: bu Kannavaro uchun bosh murabbiy sifatidagi birinchi yirik turnir. O‘zbekistonning munosib ishtirok etishga kuchi yetadi — raqiblardan qo‘rqmaslik, ishonch bilan harakat qilish va o‘z uslubini saqlab qolish muhim. Bunday qisqa va yirik turnirda bu hal qiluvchi ahamiyatga ega”, — dedi Kerimov.

Eslatib o‘tamiz, qur’a tashlash natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Portugaliya va Kolumbiya bilan bir guruhdan joy olgan. Uchinchi raqib qit’alararo pley-off g‘olibi bo‘ladi — bu Yangi Kaledoniya, Yamayka yoki Kongo DR bo‘lishi mumkin.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar