
Muhammad Saloh rasman "Liverpul" qaydnomasidan o'rin olmadi va Chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasidagi "Inter"ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi.
Uchrashuv 9 dekabr kuni Milanda bo'lib o'tadi.
Misrlik vinger Italiyaga yo'l olgan mersisaydliklarning 19 nafar futbolchidan iborat tarkibiga kiritilmadi.
"Liverpul" qaydnomasi: Alisson, Gomes, van Deyk, Konate, Kerkez, Virtc, Soboslai, Isak, Mak Allister, Bredli, Jons, Ekitike, Mamardashvili, Robertson, Vudmen, Gravenberx, Noni, Ngumoa, Laki.
Saloh ketma-ket uchta uchrashuvda asosiy tarkibga kiritilmaganidan so'ng klubning o'ziga bo'lgan munosabatini tanqid qilgan edi: "Menga alam qilyapti. Men APL g'olibi bo'ldim, ushbu avlod ichida hammadan ko'p gol uryapman. Nima uchun hammasi bunday yakun topishi kerak?".
Ushbu mavsumda Saloh barcha turnirlarda 19 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.