iks
ads

Militao uzoq muddatga safdan chiqdi

  • Mr.NoBoDy 08.12.2025 21:24
  • 116
  • 30

"Real" markaziy himoyachisi Eder Militao Ispaniya La Ligasining 15-turida "Selta"ga qarshi o'yinda (2:0) jiddiy jarohat oldi.

Braziliyalik futbolchi o'yinni yakunlay olmadi va 24-daqiqada almashtirildi.

Militaoga chap son ikki boshli mushagining proksimal pay bilan yirtilishi taxshisi qo'yilgan.

Futbolchining tiklanish muddati 3-4 oyni tashkil qiladi. Bu 27 yoshli Ederning so'nggi uch mavsumdagi uchinchi jiddiy jarohati. U ilgari ikki marta xochsimon bog'lami uzilishidan aziyat chekkan edi.\

Qo'shimcha axborotga ko'ra, madridliklar hujumchisi Kilian Mbappe "Selta"ga qarshi o'yinda chap qo'l barmoqlaridan birini sindirib olgan. U "Manchester Siti"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushadi, faqat barmog'i bint qilingan holda.

Militao ushbu mavsum "Real" safida 16 o'yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar