iks
ads

"Mahallaning o'zida o'sgan bola ham katta futbol sahnasiga chiqishi mumkin" - TBC Bank va Eldor Shomurodov yangi hamkorlikni yo'lga qo'ydi

  • Mr.NoBoDy 08.12.2025 21:40
  • 509
  • 30

Malumki, futbol O'zbekistonda eng ommaviy va sevimli sport turlaridan bo'lib, millionlab muxlislarga ega.

Mamlakatimizda bu sportni rivojlantirish, uni yangi bosqichga olib chiqish yo'lida turli loyihalar amalga oshirilmoqda.

Shu maqsadda, mamlakatimizdagi eng yirik raqamli banklardan biri — TBC Bank O'zbekiston milliy terma jamoasi va "Istanbul Bashakshehir" klubi hujumchisi Eldor Shomurodov bilan hamkorlik kelishuvini imzoladi.

TBC Bank bugungi kunda O'zbekiston bozorida raqamli moliya sohasining etakchilaridan biri sifatida jismoniy va yuridik shaxslarga keng qamrovli, zamonaviy xizmatlarni taqdim etib kelmoqda. Eldor Shomurodov esa mamlakatimiz futbolida yoshlar uchun haqiqiy ibrat, professional maydondagi mehnati bilan minglab bolalarga ruhiy kuch va ishonch berib kelayotgan sportchi hisoblanadi.

Ushbu hamkorlikning asosiy yo'nalishi — bolalar va o'smirlar futbolini qo'llab-quvvatlash, ular uchun professional muhit yaratish va iqtidorlarni erta aniqlashdan iborat. Loyihaning eng muhim jihati — bolalarga qo'shimcha sport inshootlari yoki jihozlarni taqdim etish bilan cheklanib qolmay, balki “maxallaning o'zida o'sgan bola ham katta futbol sahnasiga chiqishi mumkin” degan ishonchni shakllantirishdir.

Bundan tashqari, tashabbus doirasida Eldor Shomurodov akademiyasini rivojlantirish, yoshlarning o'z kuchiga bo'lgan ishonchini oshirish, ularni to'g'ri yo'naltirish kabi vazifalarga ham alohida etibor qaratiladi. Mutaxassislar fikricha, bu kabi loyihalar mamlakatda futbol infratuzilmasini yaxshilash barobarida, kelajakda yangi istedodlarni tarbiyalashga ham xizmat qiladi.

Bugun Toshkentdagi "Hyatt Regency Tashkent" mehmonxonasida hamkorlik kelishuvini imzolash marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirda TBC Bank rahbarlari Nika Kurdiani va Spartak Tetrashvili, Eldor Shomurodov, OAV vakillari, shuningdek, futbolga mehr qo'ygan o'nlab bolalar ishtirok etishdi.

Eldor Shomurodov:

– TBC Bank rahbariyatiga shunday katta loyiha uchun rahmat aytmoqchiman. Boshida ular bilan gaplashganimda meni qiziqtirgan jihat faqat moliyaviy tomoni emas, balki sportni rivojlantirishga etibor qaratilgani bo'ldi. Bu men uchun katta syurpriz bo'ldi, chunki turli reklamalar bo'ladi, lekin TBC Bank taklif etgan loyiha boshqacha – ular faqat bankni emas, mamlakatimizda sportni rivojlantirishni ham ko'zlagan. Shu jihat hamkorlikni qabul qilishimga katta turtki bo'ldi. Agar bu loyihalarni amalga oshirsak, kelajakda yoshlar uchun katta yordam bo'ladi.

– Sport sohasiga kirib kelayotgan yoshlar uchun qanday rejalar bor?

– Birinchi navbatda Surxondaryoda ochgan akademiyamni TBC Bank bilan hamkorlikda yuritish, uni to'g'ri yo'lga qo'yish bo'yicha kelishuvga erishdik. Men bosib o'tgan yo'l va undagi qiyinchiliklar haqida hujjatli film tayyorlaymiz. Bunday vaziyatlarda to'g'ri qaror qabul qilish qanchalik muhim ekanini ko'rsatamiz. Hayotda nimagadir erishish oson emas — har bir insonni o'z qiyinchiligi va sinovli yo'li kutib turadi. Kelajakda o'z o'rnini topish bo'yicha uzoq muddatli loyihalarimiz ham bor.

Nika Kurdiani (TBC Bank Uzbekistan bosh direktori):

 Birinchi navbatda biz kim bilan hamkorlik qilish borasida uzoq vaqt davomida ko'rib chiqdik, chunki qiziqish va fikrlar bir joydan chiqadigan odamni topish qiyin edi. Biz insonlarmiz va turlicha qiziqishlarimiz bor. Eldor Shomurodov bilan o'zaro yaxshi til topisha oldik. Eldor terma jamoa sardori, eng kuchli futbolchi. Nega futbol? Futbol bu bayram hisoblanadi. Ayniqsa 2026 yilda, sababi O'zbekiston Jahon chempionatida ishtirok etadi. Buning masuliyatini yaxshi tushunamiz. 

Tadbir rasmiy qismidan so'ng jurnalistlar va yosh futbol muxlislari Eldor Shomurodov va bank rahbarlariga o'z savollarini berish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Suhbat jarayonida yoshlarga qaratilgan yangi loyihalar, istiqbolda rejalashtirilgan dasturlar, bolalar futboliga oid qator tashabbuslar haqida atroflicha malumot berildi.

Ushbu hamkorlik nafaqat sport sohasida, balki ijtimoiy loyihalarda ham muhim bosqich bo'lishi kutilyapti. Mutaxassislar fikricha, TBC Bank va Eldor Shomurodovning birlashgan say-harakatlari mamlakatimizda yoshlar sportini rivojlantirishga katta turtki bo'ladi.


Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar