
Misrlik vinger Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 6-turi doirasidagi "Inter"ga qarshi o'yin uchun ingliz jamoasi qaydnomasiga kiritilmadi. Avvalroq Saloh ketma-ket uchta o'yinda asosiy tarkibga tushmaganidan so'ng klubning o'ziga bo'lgan munosabatini tanqid qilgan edi: "Menga alam qilyapti. Men APL g'olibi bo'ldim, ushbu avlod ichida hammadan ko'p gol uryapman. Nima uchun hammasi bunday yakun topishi kerak?".
– U kimni nazarda tutganini [uni "avtobus tagiga tashlashgani" haqida gapirayotganda] tushunish men uchun qiyin. Biz unga CHL o'yiniga birga bormasligini malum qildik. Unga aytgan yagona gapimiz shu bo'ldi.
– U qanday reakciya bildirdi?
– Qisqa.
– Munosabatlaringiz buzilganmi?
– Men bunday deb o'ylamayman, lekin u nimani his qilayotgan bo'lsa, shunga haqli. Uning izohlari men uchun kutilmagan holat bo'ldi.
– U "Brayton"ga qarshi o'ynaydimi?
– Ertaga bizni "Inter"ga qarshi muhim o'yin kutib turibdi. Indinga vaziyatni yana bir bor ko'rib chiqamiz. Men qatiy ishonamanki, futbolchida har doim qaytish uchun imkoniyat mavjud.
– Saloh "Liverpul" safidagi o'zining so'nggi o'yinini o'tkazib bo'ldimi?
– Bilmadim. Hozir bu savolga javob bera olmayman, – dedi Slot.