iks
ads

Rasman: "Paxtakor" va "Dinamo" sobiq ustozi "Qo'qon-1912" bosh murabbiyiga aylandi

  • Mr.NoBoDy 11.12.2025 17:08
  • 227
  • 30

Yangi mavsumga o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan "Qo'qon-1912" jamoasi 2026 yilgi mavsum oldidan yangi murabbiy bilan kelishuvga erishdi.

Klub matbuot xizmatiga ko'ra, Andrey Shipilov jamoaning yangi bosh murabbiyi etib tayinlangan.

"Paxtakor", "Metallurg" va "Dinamo" kabi jamoalarda muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan mutaxassis Andrey Shipilov yangi mavsumda "Qo'qon-1912" jamoasiga bosh murabbiylik qiladi. Murabbiy "Paxtakor" jamoasi bilan birgalikda uzoq yillar davomida ishlagan va "sherlar" safida bir necha bor O'zbekiston chempioni va Kubok sohibiga aylangan. Shuningdek, o'sha vaqtlarda Superliganing o'rtamiyona jamoasi hisoblanmish "Metallurg" bilan 2018-2019 yillarda chempionatda 5-o'rinni egallagan. Bu bekobodliklar tarixidagi eng yaxshi natija hisoblanadi", – deyiladi xabarda.

Andrey Sergeevich Shipilov

Tug'ilgan yili: 23.03.1971

Murabbiylik faoliyati: "Paxtakor" (yordamchi murabbiy) (2007-2017), O'zbekiston milliy terma jamoasi (yordamchi murabbiyi), O'zbekiston olimpiya terma jamoasi (yordamchi murabbiy), "Metallurg" (2018-2021), "Dinamo" (2022).

Avvalroq qo'qonliklar bosh murabbiy Bahrom Haydarov bilan xayrlashgan edi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar