iks
ads

Manba: "Milan" Alisson bilan shartnoma tuzmoqchi

  • Mr.NoBoDy 11.12.2025 19:00
  • 375
  • 30

"Milan" "Liverpul" darvozaboni Alisson bilan shartnoma imzolashni xohlamoqda.

Manba malumotlariga ko'ra, italiyaliklar 33 yoshli braziliyalik darvozabonning vakillari bilan allaqachon bog'langan. Agar Alisson "Liverpul" bilan yangi bitim shartlari bo'yicha kelishuvga erishmasa, 2026 yilning yozida "Milan"ga o'tishi mumkin.

"Milan" asosiy posboni Mayk Menyan mavsum oxirida jamoani tark etishi kutilmoqda. Uning keyingi ehtimoliy jamoasi — "Chelsi".

Alisson 2025/26 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 14 o'yinda maydonga tushib, 19 ta gol o'tkazib yubordi va 4 ta o'yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Uning amaldagi kelishuvi 2027 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan.

Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 17 million evro deb baholagan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar