
Bu haqda "Daily Mail" xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Angliya klubi 23 yoshli braziliyalik futbolchi uchun rekord darajadagi 68 million evrolik transfer narxini talab qilishi mumkin.
Murilo 2025/26 yilgi mavsum 13 o'yinda 1 ta gol urdi. U 2023 yilning avgustidan beri "Nottingem Forest"da o'ynaydi. 2025 yil yanvar oyida uning shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha uzaytirildi.
2025 yil mart oyida Murilo Braziliya terma jamoasi safida debyut qildi. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 55 million evroga baholamoqda.