
"Biz hammamiz mana shunday o'yinlar uchun futbol o'ynaymiz. Bu ajoyib. Bunday uchrashuvlarda ishtirok etishni istaysan, yangi formatda esa yanada ko'proq o'yin o'tkazish imkoniyati paydo bo'ladi — bu haqiqatan ham juda zo'r. Menga yoqyapti. Agar "Siti" g'olib chiqmaganida vaziyat butunlay boshqacha bo'lishi mumkin edi, chunki biz "Bayer"ga yutqazgan edik. Shu bois bu g'alaba juda muhim. Oldimizda yana ikki o'yin bor — qattiqroq mehnat qilib, umumiy bosqichni yaxshi natija bilan yakunlashimiz kerak. Umid qilamanki, jamoamiz birinchi sakkizlikka kiradi", – dedi Holand.
"Manchester Siti" 13 ochko to'plab, umumiy bosqich jadvalida 4-o'rinda bormoqda. "Real" esa 12 ochko bilan 7-pog'onaga joylashgan.