
Futbolchi jamoadagi 7 yillik faoliyatidan so'ng "Bunyodkor"dan ketishga qaror qildi. Uning yangi jamoasi katta ehtimol bilan Samarqandning "Dinamo"si bo'ladi.
Rasul Yo'ldoshev "Bunyodkor" safida jami 137 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 4 ta gol va 6 ta assist bor.
