iks
ads

"Real" TV Laportaning Negreyrani tanimasligi haqidagi so'zlariga javoban: "Eslatib o'tamiz, sudda yolg'on gapirish – bu jinoyat"

  • Mr.NoBoDy 17.12.2025 17:00
  • 810
  • 30

"Real" klub televideniesi Laportaning sudda yolg'on gapirganiga shama qildi.

"Real" klub televideniesi "Barselona" prezidenti Joan Laporta Xose Mariya Enrikes Negreyra ishi bo'yicha ko'rsatma berayotganda sudda yolg'on gapirgan bo'lishi mumkinligiga ishora qildi.

Eslatib o'tamiz, 2023 yilda "Barselona" va uning rahbariyatiga Ispaniya Qirollik futbol federaciyasi (RFEF) Texnik hakamlar qo'mitasi (CTA) sobiq vice-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyraga to'lovlar amalga oshirilgani yuzasidan pora berish ayblovi qo'yilgan edi. Sud 2001 yildan 2018 yilgacha bo'lgan davrda "Barselona" tomonidan Negreyraga to'langan 7,7 million evroni jinoyat deb hisoblagan.

"Barselona" prezidenti Joan Laporta sudda Negreyra va uning o'g'li bilan shaxsan tanish bo'lmaganini aytdi: "Menga hakamlik bo'yicha maslahatlar haqida aytishgandi. 18 yil uchun 7,3 million evro – foydali xizmatlar uchun unchalik ko'p emas". Shuningdek, u quyidagilarni takidladi: "Barsa" musobaqa natijalariga tasir o'tkazmagan. Bu tariximizning shonli davrini qoralash uchun rejalashtirilgan kampaniya".

"Eslatib o'tamiz, sudda yolg'on gapirish – bu jinoyat", – dedi "Real Madrid TV" boshlovchisi Laportaning Negreyrani tanimasligi haqidagi so'zlari aks etgan kadrlar fonida.

Ўхшаш янгиликлар