iks
ads

Adeyemi xotini sabab "Borussiya"dan ketishi mumkin. Xip-xop ijrochi Loredana Dortmundda emas, Evropa megapolisida yashashni xohlamoqda

  • Mr.NoBoDy 17.12.2025 16:32
  • 772
  • 30

Adeyemi turmush o'rtog'i tufayli "Borussiya"dan ketmoqchi.

Hujumchi Karim Adeyemi rafiqasi sababli Dortmundning "Borussiya" klubini tark etishi mumkin.

"Bild" malumotlariga ko'ra, Germaniya terma jamoasi futbolchisi klub rahbariyatiga boshqa jamoaga o'tish niyatida ekanligini malum qilgan.

Gap shundaki, Karimning turmush o'rtog'i – asli kosovalik bo'lgan shveycariyalik xip-xop ijrochi Loredana Zefi Aliu Dortmundda emas, balki boshqa Evropa shahrida, yirik megapolisda yashashni istamoqda.

Adeyemining "Borussiya" bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. "Transfermarkt" hujumchini 60 million evroga baholamoqda. Noyabr oyida Karim "MYU" va "Inter" bilan muzokaralar olib borayotgani xabar qilingandi.

Joriy mavsumda 23 yoshli futbolchi Bundesligada 14 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ўхшаш янгиликлар