iks
ads

Brunu Fernandesh: "Menda ikkita yaxshi taklif bor edi"

  • Mr.NoBoDy 19.12.2025 08:00
  • 855
  • 30

Brunu Fernandesh "Manchester Yunayted"dan ketishi uchun ikkita taklifi bo'lganini aytdi.

"Bu klubga kelganimda, menga barchasi yoqqandi. Bu klubni yaxshi ko'raman, eng qiyin davrlarda ham mening o'z sadoqatimni namoyish qilganman. Bu erdan ketish uchun ikki marta taklif bo'lgan.

Klubdagilar: "Yo'q, sen shu erda hali keraksan", deyishgan. Men esa: "Sizlar nimalarni berayotgan bo'lsangiz, men ham sizlarga shuni beraman", degandim.

Ha, men o'zim istamagan paytda bu erga keldim. Bu jamoa bilan sovrinlar ko'tarishni istaganman. Balki kutilganidan kamroqdir, balki ko'proq sovrin olishimiz  kerak bo'lgandir. Nima bo'lganda ham bu klub uchun borimni berishga harakat qilyapman, shu bilan birgalikda boshqa futbolchilarning ham shunday xizmatlarini kamsitmoqchi emasman.

Sovrinlar yutishimizga ishonganim uchun shu erda qolyapman. Agarda klubdagilar mening kerak emasligimni aytishsa, boshqa futbolchilar bilan maksimum darajaga etishni istasa yoki sovrinlar yutish vazifasi bo'lmasa, men ketgan bo'lardim.

Klubni avvalgi darajasiga qaytishini istayman, shu sababli ham bu erga kelganman. Shunga yordam berishni istayman", - dedi Brunu Fernandesh.

Ўхшаш янгиликлар