iks
ads

Daniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Oge Xareyde vafot etdi

  • Mr.NoBoDy 19.12.2025 09:56
  • 1357
  • 30

Rossiyada bo'lib o'tgan 2018 yilgi Jahon chempionatida Daniya terma jamoasini boshqargan norvegiyalik murabbiy Oge Xareyde 73 yoshida hayotdan ko'z yumdi.

Bu haqda VG gazetasi mutaxassisning o'g'li Bendik Xareydega tayanib xabar berdi.

Malum qilinishicha, 25 noyabr kuni Bendik Xareyde otasida miya saratoni aniqlanganini malum qilgan edi.

Oge Xareyde futbolchi sifatida Norvegiyaning "Xyodd" va "Molde", shuningdek Angliyaning "Norvich" va "Manchester Siti" klublarida to'p tepgan. Murabbiylik faoliyatini 1985 yilda "Molde" klubida boshlagan va jamoa bilan 1994 yilda mamlakat kubogini qo'lga kiritgan.

Keyinchalik u Shveciyaning "Xelsingborg", "Ergryute" va "Malmyo", Norvegiyaning "Rusenborg" va "Viking", shuningdek Daniyaning "Brondbyu" klublarida faoliyat yuritgan. Turli yillarda Norvegiya, Daniya va Islandiya terma jamoalariga bosh murabbiylik qilgan. Islandiya terma jamoasi uning oxirgi ish joyi bo'lgan. Xareyde 2024 yilda murabbiylik faoliyatini yakunlagan.

Mutaxassis "Xelsingborg" (1999) va "Malmyo" (2014) bilan Shveciya chempioni, "Brondbyu" bilan Daniya chempioni (2002), "Rusenborg" bilan esa Norvegiya chempioni (2003) bo'lgan. Shuningdek, u "Xelsingborg" bilan Shveciya kubogini (1998), "Rusenborg" bilan Norvegiya kubogini (2003), "Malmyo" bilan esa Shveciya Superkubogini (2014) qo'lga kiritgan. 2014/15 yilgi mavsumda "Malmyo" ilk bor Chempionlar ligasi guruh bosqichiga chiqqani ham Xareyde nomi bilan bog'liq. U Shveciya, Norvegiya va Daniya chempionatlarida g'olib chiqqan yagona murabbiy hisoblanadi.

Oge Xareyde boshchiligida Daniya terma jamoasi 2018 yilgi jahon chempionatining final bosqichiga yo'l olgan. Rossiyadagi musobaqada daniyaliklar guruhda ikkinchi o'rinni egallab, birinchi pog'onani keyinchalik Jahon chempioni bo'lgan Franciya terma jamoasiga bo'shatib bergan. 1/8 finalda esa Daniya Xorvatiyaga penaltilar seriyasida mag'lub bo'lgan (1:1, penaltilar — 2:3).

Ўхшаш янгиликлар