iks
ads

A Seriya prezidenti: "Milan" - "Komo" uchrashuvi Avstraliyada o'tkaziladi

  • Mr.NoBoDy 19.12.2025 10:56
  • 681
  • 30

A Seriya prezidenti Ecio Mariya Simonelli Italiya chempionatining 24-turidan o'rin olgan "Milan" - "Komo" uchrashuvi Avstraliyada bo'lib o'tishini tasdiqladi.

"Milan" — "Komo" uchrashuvi dastlab rejalashtirilganidek, 8 fevral kuni Pert shahrida o'tkaziladi. Doxada FIFA prezidenti Infantino bilan uchrashuv o'tkazdim, odatdagidek, juda iliq suhbat bo'ldi. Ilgari surilgan ayrim shartlar bo'yicha bizda shubhalar paydo bo'ldi. Masalan, uchrashuvni Osiyo konfederaciyasi hakamlariga topshirish taklifi biz uchun shart emas edi, chunki biz italiyalik hakamlarimizga ishonamiz.

Shu bilan birga, FIFA hakamlar qo'mitasi raisi Perluidji Kollina Osiyo hakamlarining saviyasi masalasida bizni ishontirdi va ular orasida o'yinni munosib darajada boshqara oladigan professionallarni misol sifatida keltirdi. Bu g'oyani qabul qilish eng qiyin masala bo'ldi, asosiy to'siq ham shu edi. Biroq Kollinaning asosli dalillaridan so'ng barcha masalalar bo'yicha kelishuvga erishdik", — dedi Simonelli Sport Mediaset nashriga bergan intervyusida.

Ўхшаш янгиликлар