
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoa sxemasi o'zgarishi borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
APLning "Nyukasl"ga qarshi o'tgan o'yinida (1:0) Amorim uchta emas, to'rtta himoyachili sxemaga o'tgandi.
"O'tgan mavsum davomida jamoani qabul qilib olganimda, menda bu tizimda yaxshi harakat qila oladigan o'yinchilar yo'q bo'lishi mumkinligini tushungandim, ammo bu jarayonning boshlanishi edi. Biz o'z uslubimizni yaratishga harakat qildik. Hozir vaziyat boshqacha. Bizda o'yinchilar unchalik ko'p emas va biz moslashishimiz kerak, toki ular nima uchun o'zgarishlar qilayotganimizni tushunishsin.
Bu qaror OAV yoki muxlislar bosimi tufayli qabul qilinmadi. OAV doimiy ravishda sxemani o'zgartirish kerakligini aytsa, men hech narsa qila olmayman, chunki futbolchilar men uni matbuot sabab o'zgartiryapman deb o'ylashadi, bunday holatda esa bu murabbiy uchun yakun demakdir.
Qachonki biz o'z tizimimiz bo'yicha yaxshi o'ynasak – ana o'shanda nimanidir o'zgartirish kerak. Biz yaxshiroq bo'lamiz, chunki barcha o'yinchilar qaytganda, biz doimiy ravishda uchta himoyachi bilan o'ynamaymiz", – dedi Ruben Amorim.