iks
ads

Afrika millatlar kubogi. Marokash terma jamoasi Zambiyani yirik hisobda mag‘lub etdi (videosharh)

  • Mr.NoBoDy 30.12.2025 09:11
  • 729
  • 30

Afrika millatlar kubogi guruh bosqichining 3-turi doirasida Zambiya va Marokash terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Bellashuv Marokashning Rabot shahridagi «Prins Mula Abdulla» stadionida bo‘lib o‘tdi. Mezbonlar 3:0 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

O‘yinning 9-daqiqasida hujumchi Ayyub El-Kaabi hisobni ochdi. 27-daqiqada vinger Braim Dias Marokashning ustunligini ikki barobarga oshirdi. 50-daqiqada esa El-Kaabi dublni rasmiylashtirib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.

Shu tariqa, Marokash terma jamoasi guruh bosqichida jami 7 ochko to‘plab, A guruhida birinchi o‘rinni egalladi. Zambiya milliy jamoasi esa 2 ochko bilan guruhni to‘rtinchi o‘rinda yakunladi.

Afrika millatlar kubogi. A guruhi. 3-tur
29 dekabr 2025 yil, dushanba
Zambiya — Marokash 0:3
Gollar: 0:1 — El-Kaabi (9), 0:2 — Dias (27), 0:3 — El-Kaabi (50)

Ўхшаш янгиликлар