"O'zbekiston olimpiya terma jamoasida Timur Kapadze shtabida faoliyat olib borgan belaruslik mutaxassis Mixail Eramchuk milliy terma jamoada ham bosh murabbiyga yordam beradi", – deyiladi xabarda.
Avvalroq Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi bosh murabbiyi Maksim Lisicin O'zbekiston bilan uchrashuv oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashgan edi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasini oldinda JCH 3-saralash bosqichidan o'rin olgan Qirg'iz Respublikasiga qarshi muhim bahs kutib turibdi. Uchrashuv 20 mart kuni "Bunyodkor" stadionida 21:00 da boshlanadi.