Madridning "Real" klubi rahbariyati klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini 2 yilda bir marta o‘tkazish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda Britaniyaning The Guardian nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "qaymoqranglilar"ning ushbu g‘oyasiga yaqinda yakunlangan turnirda boshqalarga qaraganda faolroq chipta sotib olgan muxlislar turtki bo‘lgan. FIFA rahbariyati bu g‘oyani rad etdi, biroq ishtirokchilar sonini 48 nafarga yetkazish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Avvalroq Braziliyaning Jornal O Globo nashri buning aksini ma’lum qilgandi. Unga ko‘ra, FIFA prezidenti Janni Infantino yaqin orada turnirni tez-tez o‘tkazish variantini muhokama qiladi.