Gabon terma jamoasi hujumchisi fojiali tarzda vafot etdi

  • Mr.NoBoDy 16.04.2025 22:11
  • 1200
  • 30

Gabon terma jamoasi hujumchisi Aaron Bupendza Xitoyda 11-qavatdan qulab tushib, halok bo‘ldi. Bu haqda Fanatik nashriga tayanib Sport-Express xabar bermoqda. Futbolchining o‘limini Buxarestning “Rapid” klubi bosh murabbiyi Marius Shumudike tasdiqlagan.

Mahalliy polisiya hodisa yuzasidan bir nechta holatni ko‘rib chiqmoqda. Ular orasida Bupendza voqea sodir bo‘lgan paytda kvartirada bo‘lgan ukasi bilan janjallashgani haqidagi ma’lumot ham tekshirilmoqda.

Bupendza so‘nggi paytlarda Xitoyning “Chjeszyan Profeshnl” klubi safida to‘p surayotgan edi. Uning ushbu klub bilan tuzgan shartnomasi 2026 yil dekabrigacha mo‘ljallangandi.

Avvalroq u Buxarestning “Rapid”, AQSHning “Sinsinnati”, Saudiya Arabistonining “Ash-SHabab” va “Al-Arabiy” klublari hamda Turkiyaning “Hatayspor” jamoalarida to‘p surgan.

Aaron Bupendza 2016 yildan 2023 yilgacha Gabon terma jamoasi safida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urishga erishgan.

Ўхшаш янгиликлар