QPL. Muxtorovning 83-daqiqada urgan goli "Turon"ni "Astana"ga qarshi o'yinda mag'lubiyatdan asrab qoldi

  • Mr.NoBoDy 20.04.2025 19:00
  • 75
  • 30

Qozog'iston Premer-ligasi 5-tur doirasidagi "Turon" - "Astana" o'yini bo'lib o'tdi.

"Turon" safida Odil Abdumajidov, Xurshid Muxtorov va Behruz Asqarov (87-daqiqada almashtirildi) ilk daqiqalardan maydonda harakat qildi. Yana bir o'zbekistonlik o'yinchi Shahboz Umarov esa jarohati sabab o'yinni o'tkazib yubordi.

Etiborlisi, hisobni tenglashtirgan golga 83-daqiqada o'zbekistonlik Xurshid Muxtorov mualliflik qildi va jamoasiga bir ochko taqdim etdi.


Match-senterda ochish


Ўхшаш янгиликлар