Ushbu klubning sobiq hujumchisi Ueyn Runi mavsum yakunida Reshfordning Manchesterga qaytishiga shubha qilmayapti.
"Men Reshfordning "Manchester Yunayted"ga qaytishni istayotganiga shubha qilmayman. Bunga o'zim ham 100 foiz aminman. U bu klubga muxlislik qiladi. Markus uchun so'nggi bir yarim yil uchun oson bo'lmadi, unga asosiy tarkibda barqaror joy kerak", - dedi Runi.
Eslatib o'tamiz, Markus Reshford "Manchester Yunayted" safida 2015 yildan buyon o'ynab kelmoqda.