Niko Uilyams MYU bilan o'yin haqida: "Favorit yo'q, ular APLda pastda joylashishgan. Biz "Atletik Bilbao" nimalini ko'rsatishga harakat qilamiz"

  • Mr.NoBoDy 20.04.2025 11:24
  • 90
  • 30

"Atletik" yarim himoyachisi Niko Uilyams Evropa Ligasi yarim finalidan o'rin olgan "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yin oldidan jamoaning kayfiyati haqida gapirdi.

"Har bir bola "Old Trafford"da o'ynashni xohlaydi. "San-Mames"dagi dastlabki o'yinda bor kuchimizni ishlatib, so'ngra Manchesterga borib, "Atletik Bilbao" nimaligini ko'rsatishga harakat qilamiz. Ushbu qarama-qarshilikda favorit bo'lmaydi. "Manchester Yunayted" APLda pastda joylashgan, ammo "Olimpik" bilan o'yinda ular nimalarga qodir ekanliklarini yaqqol ko'rsatishdi", - dedi Uilyams.

"Atletik"ning "Manchester Yunayted"ga qarshi yarim finaldagi dastlabki uchrashuvi 1 may kuni, javob o'yini esa 8 may kuni bo'lib o'tadi.

Ўхшаш янгиликлар