"Tottenxem" "Barselona" futbolchisini nishonga oldi

  • Mr.NoBoDy 20.04.2025 12:40
  • 105
  • 30

"Barselona" markaziy himoyachisi Erik Garsiya Londonning "Tottenxem" klubi ro'yxatida bor.

Garsiyaning transferi "shporlar" uchun ustuvor vazifalardan biri. Mudofaani kuchaytirish uchun rahbariyat taxminan 15 million evro sarflashga tayyor.

Eslatib o'tamiz, Garsiyani qishda "Komo" o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'lgan, biroq kelishuvni "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik bloklagan edi.

24 yoshli ispaniyalik joriy mavsum barcha musobaqalarda 36 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golga hammualliflik qildi.

Garsiyaning "Barselona" bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt futbolchining narxini 15 mln evroga baholamoqda.

Ўхшаш янгиликлар