Ivan Boshkovich: "Biz qanday o'yin namoyish etganimiz hech kimga qiziq emas, muhimi natija"

  • Mr.NoBoDy 21.04.2025 00:00
  • 162
  • 30

Superliga 6-turidan o'rin olgan OKMK - "So'g'diyona" (3:2) uchrashuvidan so'ng jizzaxliklar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

"OKMKga qarshi har doim qiziqarli o'yinlar bo'ladi. Biz ochiq futbol o'ynashni reja qilgan edik. Har doimgidek barchasi o'z qo'limizda edi. Koncentraciya etishmadi, ayniqsa standart vaziyatlarda. O'tkazib yuborgan ikkita golimizda biz zich himoyalanayotgan edik. Bunday o'yinlarda xarakter namoyish etgan holda ochkolarga ega chiqish kerak. Himoyada yaxshiroq o'ynashimiz kerak. Hissiyotlarga berilgan holda bir nima deyish noto'g'ri. Bunday tarzda mag'lub bo'lganimiz alamli, albatta. Biz ko'prog'iga loyiq edik. Natijaga javobgarlikni o'z bo'ynimga olaman. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan futbolchilar o'yinni kuchaytira olishmadi. Buni tan olib aytishim kerak. Men har doim yosh futbolchilarimga ishonaman va ularga imkoniyat beraman. Bugun esa bunday qarorim ish bermadi" - deydi Ivan Boshkovich bahs yakunlangach.

- Yosh futbolchi Dilshodbek Misraliev ketma-ket ikkinchi o'yindan buyon asosiy tarkibdan joy olmoqda. Misralievning o'yinidan qanchalik qoniqyapsiz?

- Uning o'yini menga yoqyapti. U maydonda vaqti biz to'pni yaxshi nazorat qilayotgandik. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar haqida aytib o'tdim. Misraliev maydonda vaqti to'pni yaxshi ushlab turgan edik. Uning o'yinga qo'shgan hissasini ko'ra olish uchun kuchli ekspert bo'lishi shart emas. U maydonni tark etganidan so'ng to'pni boy berib qo'ydik. Umid qilamanki, uning jarohati jiddiy bo'lib chiqmaydi.



- Milan Mitrovichning hozirgi holati haqida aytib o'tsangiz... 

- U hozir davolanmoqda. Jiddiy jarohat emas deb umid qilaman. Ikki yoki uch haftadan so'ng yana mashg'ulotlarga qaytsa kerak.

- Jamoangiz o'yin davomida ikki marotaba hisobda oldinda edi, ammo raqibning ikkita goli barchasini o'zgartirib yubordi. O'tkazib yuborilgan ikkita golda himoyachilar xatoga yo'l qo'yishdimi yoki o'sha vaziyatlarda G'iyosovning individual mahorati asosiy sahnaga chiqdimi?

- Mahoratli futbolchi darvozamizni ishg'ol etdi. Bir zonada ko'plab futbolchilar bor vaqtida bunday gollar o'tkazib yuborishimiz kerak emas. Pozicion va zich himoyalanayotganimizda bunday gollar o'tkazib yubormasligimiz kerak. Bunga qadar ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldik va o'yin taqdirini avvalroq hal etib qo'yishimiz mumkin edi, lekin bir nima etishmadi. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar ham o'yinni kuchaytirishi kerak edi.

- "So'g'diyona" mavsumni omadsiz tarzda boshladi, ammo "Paxtakor" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng barchasi vaziyat to'g'rilanayotgandek tuyuldi. Keyin esa "Dinamo"ga qarshi durang. Bugun yana mag'lubiyat. Jamoangiz mavsumni yomon boshlashiga nima sabab bo'ldi? Balki jarohatlar o'z so'zini aytayotgandir yoki boshqa sabablar ham bormi?

- Men bosh murabbiy sifatida natijaga javobgarman. Biz qanday o'yin namoyish etganimiz hech kimga qiziq emas, muhimi natija. Men jamoamga ishonaman, ammo g'alaba qozonishimizga bir nima etishmayapti. Himoyada kamchiliklar kuzatilmoqda, mavsum boshidan buyon keraksiz gollar o'tkazib yuboryapmiz. "Jiddiy" jamoa bunday gollar o'tkazib yubormasligi kerak. 2:1 hisobidan so'ng OKMK hujumga o'ta boshladi va biz bo'sh zonalarga ega bo'ldik, biroq ulardan unumli foydalana olmadik. Men raqibni yana jazolashimizni kutgan edim. Keyin esa pozicion himoyada gol o'tkazib yubordik. Statistikaga ko'ra, bizning markaziy himoyachilarimiz havodagi yakkakurashlarning 80%da g'olib bo'ladi. Birinchi golni standart vaziyatdan o'tkazib yubordik, keyin esa havodan uzatilgan to'p. Qarshi hujumlar orqali gol urishimizni kutgan edim. So'nggi o'n daqiqa men kutganimdek bo'lmadi. Raqibni g'alaba bilan tabriklayman. Nima ham derdim, bu futbol...

Ўхшаш янгиликлар