Superliga
6-tur
"Surxon" – "Navbahor" 1:0
Termiz. "Surxon Arena". 20:00
Bosh hakam: Nayim Qosimov
Yordamchi hakamlar: Farhod Usmonov, Elnur Doniyorov
Zaxira hakami: Shohinur Boymatov
Nazoratchi: Zokir Qodirov
VAR: Firdavs Norsafarov
AVAR: Zilola Rahmatova
Komissar: Oybek Ikromov
Gol: 1:0 – 87, Kirill Kolesnichenko (Diyor Ramazonov)
"Surxon": 1.Artyom Potapov, 3.Sunnatulloh Hamidjonov, 4.Nodirxon Nematxonov (5.Jamaldin Xodjaniyazov, 46), 6.Behzod Shamsiev, 7.Dostonbek Tursunov, 10.Dmitriy Pletnev (15.Diyor Ramazonov, 79), 19.Muhammad-Ali Abdurahmonov (11.Abdug'afur Haydarov, 59), 24.Sherzod Komilov (88.Dmitriy Kratkov, 64), 27.Asilbek Jumaev, 66.Behro'z Shaydulov, 99.Sunnatilla Poyonov (9.Kirill Kolesnichenko, 59)
Zaxira: 16.Dilshod Yo'ldoshev, 18.Nodir Abduxoliqov, 22.Javohir Jo'raev, 77.Asadbek Karimov
"Navbahor": 16.Shukron Yo'ldoshev, 7.Azim Ahmedov (8.Shohmalik Komilov, 46), 10.Shahzodbek Ubaydullaev (37.Alisher Odilov, 46), 11.Po'latxo'ja Xoldorxonov (9.Zabihillo O'rinboev, 46), 12.Saidazamat Mirsaidov, 13.Benjamin Teydi, 17.Ruslanbek Jiyanov, 33.Sergey Karpovich, 36.Gilerme Gedesh, 70.Abbos G'ulomov (29.Pedro Augusto, 73), 99.Igor Gabriel.
Zaxira: 1.Umid Ergashev, 4.Shahzod Tairov, 21.Rian Islomov, 55.Komiljon Tojiddinov, 71.Navro'zbek Iminjonov.
Ogohlantirishlar: Gilerme Gedesh (70), Igor Gabriel (90+5)
Urilmagan penalti: Kirill Kolesnichenko (84, darvozabon)
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
O'yin yakunlandi.
90+5. Igor Gabriel qo'polligi uchun ogohlantirildi. Hakam VAR orqali ehtimoliy chetlatishni ko'rib chiqib, shu qarorga keldi.
90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.
87. GOL! "Surxon" hisobni ochdi! Biroz avval penaltidan gol urolmagan Kirill Kolesnichenko uzoq masofadan aniq zarba yo'llab, hisobni ochdi!
84. "Navbahor" darvozaboni Shukron Yo'ldoshev tug'ilgan kunida Kirill Kolesnichenkoning penaltidan yo'llagan zarbasi yo'nalishini aniq topib, to'pini ushlab oldi! Aytgancha, bugun "Navbahor" darvozabonining tug'ilgan kuni ekan.
Hakam VAR monitori orqali vaziyatni ko'rdi va qarorini o'zgartirmadi.
81. "Navbahor" darvozasiga penalti belgilandi. Komilov o'z jarima maydonida Haydarovga nisbatan qo'pollik ishlatdi deb topildi.
79. "Surxon" yana bir o'zgarishga qo'l urdi.
77. Zarba! Odilov tomonidan yo'llangan zarbani Potapov qaytardi.
73. GOL! "Surxon" darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib, darvozani ishg'ol qildi, ammo u o'yindan tashqari holatda qolgani malum bo'ldi.
70. Gedesh raqib darvozaboniga xalaqit bergani uchun ogohlantirildi.
69. Pletnyov yana o'z omadini sinab ko'rdi. Noaniq.
64. "Surxon" yana bir o'zgarishga qo'l urdi.
61. Zarba! Odilov Jiyanovning uzatmasini bosh bilan raqib darvozasiga to'g'rilab qo'ymoqchi bo'ldi, noaniq.
59. "Surxon" tarkibida ikki o'zgarish amalga oshirildi.
56. Zarba! Abrahmonov raqib darvozaboni bilan deyarli birga-bir vaziyatda zarba yo'llay olmadi, qolaversa, yordamga kelgan "Navbahor" himoyachisi unga xalaqit berishga ulgurdi.
54. Gabriel raqib hujumini yo'qqa chiqardi.
50. Komilovning kuchli zarbasi o'ta noaniq ko'rinish oldi.
49. "Navbahor" burchak zarbasi ishlab oldi. Uzatma to'g'ri Potapovning qo'llariga borib tushdi.
47. Tursunov o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Taym avvalida "Surxon" bitta, "Navbahor" uchta o'zgarishga qo'l urdi. Shuningdek, "Navbahor" darvozaboni qo'riqlaydigan darvoza to'ri tartibga keltirildi.
Taym yakunlandi.
45+3. Pletnyovning burchak nuqtasidan raqib darvozasini ishg'ol qilishga urinib ko'rdi, to'p darvoza to'rining yuqorisidan tushdi.
45+2. Jumaev tomonidan yo'llangan zarba Yo'ldoshevdan qaytdi, mezbonlar keyingi zarbani yo'llay olmadi.
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.
41. Tursunov tomonidan yo'llangan zarba Yo'ldoshevdan o'tmadi.
38. Poyonovning zarbasi kuchli chiqmagani bois Yo'ldoshevga muammo tug'dirmadi.
35. GOL! Yo'q, Tursunov "Navbahor" raqib darvozasini ishg'ol qildi, biroq unga pas bergan Hamidjonov ofsaydda qolib ketgani bois gol inobatga olinmadi.
32. Abdurahmonov tepgan to'p Yo'ldoshevning qo'llariga borib tushdi.
31. Xoldorxonov burchakdan uzatilgan to'pni bosh bilan "Surxon" darvozasiga to'g'rilab qo'ymoqchi bo'ldi, noaniq.
29. Xavfli vaziyat! Hamidjonov tomonidan yo'llangan zarbasi Yo'ldoshev qaytardi, undan so'ng to'p darvoza to'siniga tegib, maydonni tark etdi.
24. Mirsaidovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.
19. Mezbonlarning navbatdagi zarbasi noaniq.
14. Komilovning jarimadan yo'llagan zarbasi rekoshet orqali maydonni tark etdi.
11. Jiyanov tomonidan yo'llangan zarbani Potapov qaytardi.
10. Pletnyov tepgan to'pni Yo'ldoshev egallab oldi.
5. Tursunov zarba bera olmadi, Gabriel qahramonlik ko'rsatdi.
1. O'yin boshlandi.