17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida Osiyo Kubogini qo'lga kiritgan va jahon chempionati yo'llanmasiga ega chiqqan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi o'tirgan samolyot hozirgina Toshkentga muvaffaqiyatli qo'ndi. Ayni damda aeroportda futbolchilarni tantanali kutib olish marosimi o'tkazilmoqda.